Farg‘ona viloyati So‘x tumanida maktab farroshiga shahvoniy shilqimlik qilib, pul taklif qilgan 19 yoshli yigit sud qarori bilan 4 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida maktab farroshiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Daryo” sud hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.
Hodisa 10-avgust kuni soat 10:30 larda tumandagi умумta’lim maktablaridan birining oltida tuz bergan. 2007-yilda tug‘ilgan H.I. ishdan chiqib ketayotgan farrosh N.Sh.ni uchratib, unga shahvoniy mazmundagi gaplarni aytgan hamda pul taklif qilgan.
Jabrlanuvchi ayol yigitga o‘zining o‘g‘li tengi ekanini ta’kidlab, holat bo‘yicha zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Sud majlisida ayblanuvchi H.I. o‘z qilmishini shunchaki “hazil” deb izohlagan va sudyadan yengillik berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi H.I.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.



