Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Navoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Navoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatidagi 4-sonli koloniyada saqlanayotgan mahkum xonadoshini muddatidan ilgari ozodlikka chiqarishni va’da qilib, 15 ming dollar talab qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

U akasining go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali uni muddatidan ilgari ozodlikka chiqarishni taklif etgan. O‘z xizmatlari evaziga u 15 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 10 ming dollarini oldindan to‘lanadigan bo‘nak sifatida berishni shart qilib qo‘ydi.

Pullarni tashqaridagi tanishi orqali olayotgan vaqtida vositachi prokuratura hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Surishtiruvlar davomida ushbu jinoiy guruh tarkibiga Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining talabasi ham kirgani aniqlandi. U mahkumlardan pullarni yig‘ib, tegishli shaxslarga yetkazish bilan shug‘ullangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish