O‘zbekiston 2026-yilgi jahon Baxt reytingida 53-o‘rinni egalladi. Qo‘shni davlatlar ko‘rsatkichlari va reyting qanday shakllanishi haqida tafsilotlar.
Yangi reytingda O‘zbekiston 147 ta davlat orasida 53-pog‘onadan joy oldi. Mamlakatimiz ushbu ko‘rsatkich bilan mintaqadagi bir qancha qo‘shni davlatlarni ortda qoldirib, barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etdi.
Mintaqaviy tahlil shuni ko‘rsatadiki, qo‘shni Qozog‘iston ro‘yxatda 33-o‘rinni band etgan. Qirg‘iziston 66-pog‘onada, Rossiya 79-o‘rinda, Tojikiston esa 88-o‘rinda qayd etilgan. Dunyoning eng baxtli mamlakati maqomini yana bir bor Finlyandiya o‘zida saqlab qoldi. Reytingning eng quyi qismidan esa Afg‘oniston joy olgan bo‘lib, u dunyodagi eng «baxtsiz» davlat deb topildi.
Mazkur tadqiqot yetti xil asosiy omilga tayanib tayyorlanadi. Mutaxassislar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdori bilan bir qatorda, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, sog‘liqni saqlash sifati va fuqarolarning tanlov erkinligini ham hisobga oladilar. Shuningdek, jamiyatdagi o‘zaro yordam, korrupsiya darajasi va odamlarning hayotdan umumiy mamnunlik hissi yakuniy natijaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q