Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi: OTMlarda darslar 7 va 14-sentyabrdan boshlanadi

O‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi: OTMlarda darslar 7 va 14-sentyabrdan boshlanadi

OTMlar, akademik litsey va texnikumlarda yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanish sanalari e’lon qilindi. Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 7-sentyabrdan start oladi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlari va tashkiliy jarayonlarni inobatga olgan holda, yangi o‘quv yilining starti bir necha sanaga bo‘lindi:

  • Akademik litsey va texnikumlar: Professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining barcha o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar an’anaviy tarzda 2-sentyabrdan e’tiboran boshlanadi.

  • OTMlarning 1-bosqich talabalari: Bakalavriat hamda magistraturaning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar uchun dars jarayonlari 7-sentyabrdan yo‘lga qo‘yiladi.

  • OTMlarning 2-bosqich va undan yuqori talabalari: Yuxori kurs talabalari uchun o‘quv yili biroz kechikroq — 14-sentyabrdan start oladi.

Bosqichma-bosqich boshlanishining sabablari va tashkiliy jarayonlar

Sana ko‘chirilishi va darslarning turlicha vaqtda boshlanishi bir qancha muhim tashkiliy omillar bilan bog‘liq. Birinchi navbatda, bu 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni joylashtirish, shartnomalar rasmiylashtiruvi va yotoqxona o‘rinlarini ajratish jarayonlarini tartibli yakunlash imkonini beradi.

Hozirgi kunda barcha oliy hamda professional ta’lim muassasalarida talabalarni kutib olish, auditoriya fondini tayyorlash va o‘quv dasturlarini tasdiqlash bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish