So‘nggi:
O‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyatShavkat Mirziyoyev bokschi Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyat5 ta OTMga kirolmaganlar uchun yangi imkoniyat: to‘lmay qolgan kvotalarga qabul qilinish mumkinJamiyatO‘zbekistonda soxta inspektorlar aholidan yong‘in xavfsizligi uchun pul undirmoqdaJamiyat

Ish haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi

Ish haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet 17-avgust kuni haftalik ob-havo prognozini e’lon qildi. Ish haftasida O‘zbekistonda quruq ob-havo saqlanib qoladi, janubda harorat +43 darajagacha ko‘tariladi.

Haftalik ob-havo va harorat ko‘rsatkichlari

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, joriy ish haftasida O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida 17–19-avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Aksariyat viloyatlarda kunduzi havo harorati +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda esa ba’zi joylarda +40…+43 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +18…+23 daraja oralig‘ida saqlanib qoladi.

Shamol va chang-to‘zon xavfi

Respublika bo‘yicha sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda 21-avgust kuni shamol shiddati 22–25 m/s gacha yetishi mumkin.

Toshkent shahridagi ob-havo

Poytaxtda kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukm suradi. Dushanba kuni kunduzi harorat +35 daraja atrofida bo‘lsa, haftaning oxirigacha kechalari +20…+23 daraja, kunduz kunlari esa +35…+38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol vaqti-vaqti bilan 10–14 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon hosil qilishi mumkin.