Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev bokschi Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afsonaviy bokschi, jahon chempioni va Olimpiada sovrindori Rufat Risqiyevning 76 yoshida vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari yo‘llagan ta’ziyanomada butun hayotini boks va sportni rivojlantirishga bag‘ishlagan buyuk sportchi hamda kamtarin insonning yorqin xotirasi xalqimiz qalbidan munosib o‘rin olishi ta’kidlangan.

Xalq orasida «Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan tanilgan afsonaviy bokschi 15-avgust kuni 76 yoshida vafot etdi. Rufat Risqiyev 1949-yil 2-oktyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida 1974-yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, 1976-yilgi Monreal Olimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan hamda sobiq Ittifoqning 4 karra chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan chiqqan birinchi xalqaro professional boks hakami sifatida ham faoliyat yuritgan.

Yuksak e’tirof va mukofotlar

O‘zbekiston sportini dunyoga tanitish va yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun Rufat Risqiyev davlatimiz tomonidan yuksak qadrlanib, «El-yurt hurmati» hamda «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish