Tanlagan 5 ta OTMdan birortasiga ham kirolmaganlar abituriyentlar to‘plagan ballari boshqa OTMlardagi to‘lmay qolgan kvotalarga mos kelsa, OTM rektori buyrug‘i bilan kontraktga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarida tanlagan 5 ta oliy ta’lim muassasasining birortasiga ham talabalikka qabul qilinmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Agarda abituriyent to‘plagan ball boshqa bir OTMdagi to‘lmay qolgan yo‘nalish kvotasiga mos kelsa, ushbu OTM rektori ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu tartib va yangi tizim haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 24-may kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan edi. Yig‘ilishda davlat rahbari ba’zi OTMlarda ajratilgan kvotalar to‘lmay qolayotgani, aksincha, yetarli ball to‘plagan ko‘plab abituriyentlar yuqori raqobat sababli 5 ta tanlovdan tashqarida qolib ketayotganini ta’kidlagan.
Yangi tartib aynan ana shunday yoshlarni oily ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish hamda hududiy va sohaga ixtisoslashgan OTMlardagi bo‘sh qolgan o‘rinlardan unumli foydalanishga qaratilgan.
Ushbu tartibni amaliyotga joriy etish va to‘lmay qolgan kvotalar bo‘yicha ariza topshirish hamda qabul qilish mexanizmlari haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada mas’ul idoralar tomonidan alohida e’lon qilinadi.





