So‘nggi:
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik besh yilga ozodlikdan mahrum etildi | O‘zbekiston Rossiyadan 400 mln dollarlik temir yo‘l texnikasini sotib oldi | Bojxona qo‘mitasidagi kadrlar tayinlovi va O‘zbekistonning o‘nta hududida boshqarma boshliqlari o‘zgarishi | Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi | O‘zbekiston aholining bandlik darajasi bo‘yicha dunyo reytingining ikkinchi yuztaligida qayd etildi | O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari yana oshishi kutilmoqda | Tirbandlik va jazirama Toshkentni tungi ish rejimiga o‘tishga majbur qildi | O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar narkotikka testdan o‘tkaziladi | Tim Kuk 15 yillik boshqaruvdan so‘ng Apple rahbarligidan ketishini e’lon qildi | Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi |

Toshkentning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi tunu kun ishlaydigan turistik zonaga aylantiriladi

Toshkentning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi tunu kun ishlaydigan turistik zonaga aylantiriladi. Poytaxtning gavjum nuqtalaridan biri — xalq tilida «Maksim Gorkiy» deb ataladigan hududda ulkan infratuzilma loyihasi amalga oshiriladi.

«Buyuk ipak yo‘li» metro bekatidan mashhur «Salom» kafesigacha bo‘lgan 1,5 kilometrdan ziyod masofada 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskani barpo etiladi.

Toshkent shahar hokimiyatining fevral oyidagi qaroriga muvofiq, mazkur hududni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash vazifasi yuklangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlariga qariyb 23,8 milliard so‘msarflanishi kutilmoqda. loyihalash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda «Ak-Saray Construction Project» kompaniyasi g‘olib chiqqan. Shuni ta’kidlash joizki, hokimning ushbu obektga doir qarori ochiq ma’lumotlar bazasida e’lon qilinmagan va «xizmat doirasida foydalanish uchun» (DSP) maqomi bilan yopilgan.

Yangi turistik ko‘cha nafaqat sayyohlar, balki shahar aholisi uchun ham qulay dam olish maskani bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Hududda turar joy binolari qurilishi rejalashtirilmagan, aksincha, bor infratuzilma yangilanadi:

  1. piyodalar uchun keng yo‘laklar, velosiped yo‘lakchalari, zamonaviy yer usti yoki yer osti o‘tish joylari tashkil etiladi.
  2.  mikro-skverlar, kichik dam olish zonalari, bolalar maydonchalari va vorkaut (sport) hududlari barpo etiladi.

  3. ko‘chada dekorativ yoritish tizimlari o‘rnatilib, barcha binolarning fasadlari yagona kontseptsiya asosida modernizatsiya qilinadi.

Ekologiya va transport nazorati Loyiha doirasida sug‘orish tarmoqlari yangidan tortiladi va hududning ekologik holatiga zarar yetkazmagan holda «konservatsiya» zonasi talablariga rioya qilinadi. Shuningdek, transport oqimini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida yuk va yengil avtomobillar harakati qayta ko‘rib chiqiladi.