Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali ravishda vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali ravishda vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali ravishda vaqtincha to‘xtatiladi. Suv quvurlarini yangilash va profilaktika qilish ishlari shahar iqlimiga moslashish hamda yozgi mavsumda tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu tadbirlar davomida ayrim hududlarda suv butunlay to‘xtatilsa, ba’zi joylarda tizimdagi bosim pasayishi mumkin.

Texnik ishlar bosqichma-bosqich, bir yarim oy davomida — 30-martdan 13-maygacha amalga oshiriladi. Har bir mahalla yoki ko‘cha uchun suv ta’minoti qisqa muddatga (odatda bir kunga) o‘chirilishi ko‘zda tutilgan.

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan aholi punktlari hamda ijtimoiy soha obektlariga (maktab, bog‘cha, shifoxona) maxsus texnikalar (suv tashuvchi mashinalar) yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi tashkil etiladi.

Bog‘lanish uchun aloqa raqamlari

Savollar yuzasidan sutkasiga 24 soat davomida markaziy dispetcherlik xizmati yoki tuman filiallariga murojaat qilishingiz mumkin:

Tuman / Bo‘linma Telefon raqami
Yagona dispetcherlik (MDS) 1054, 71 256-10-95, 71 252-60-08
Mirzo Ulug‘bek tumani 71 266-39-53
Olmazor tumani 71 246-99-57
Uchtepa tumani 71 274-83-45
Yashnobod tumani 71 293-44-32
Yunusobod tumani 71 235-25-64
Sergeli tumani 71 258-96-32
Chilonzor tumani 71 277-98-71
Shayxontohur tumani 71 273-52-39
Yakkasaroy tumani 71 255-05-50
Mirobod tumani 71 292-02-78
Bektemir tumani 71 295-16-28
Yangihayot tumani 71 258-36-42

Soha mutaxassislari shahar aholisiga o‘z mahallalari bo‘yicha aniq grafik bilan oldindan tanishib chiqishni hamda belgilangan sanalar uchun zaruriy suv zaxirasini shakllantirishni tavsiya etadilar.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish