O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezidentning 15-iyuldagi «Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik yoxud yaroqsiz holga keltirganlik uchun jarimalar bekor qilinishi kutilmoqda.

Buning o‘rniga fuqarolarga yangi hujjatlarni tiklash uchun faqat qo‘shimcha davlat bojini to‘lash taklif etiladi. Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligiga 2026-yilning oktyabr oyiga qadar tegishli taklif va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Ma’lumot uchun, identifikatsion ID-kartalar hamda xorijga chiqish biometrik pasportlarini yo‘qotganlik yoki qasddan yaroqsiz holga keltirganlik uchun ma’muriy javobgarlik 2022-yilning mart oyida joriy etilgan edi. Hujjatlarini yo‘qotgan fuqarolarga BHMning 0,5 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solish xavfi mavjud edi.

Prezident qaroridagi yana bir muhim yangilik garovdagi uylarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan bog‘liq bo‘ldi. Endilikda fuqarolarga garovda yoki xatlovda (arestda) bo‘lgan turar joylarda garovga oluvchining, ya’ni bankning roziligini olish majburiyatisiz yashash va doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi.