O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda o‘zini kanalga tashlagan ayol va uni qutqarmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi

Toshkentda o‘zini kanalga tashlagan ayol va uni qutqarmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi

Toshkentdagi Xotira xiyoboni yaqinida Bo‘zsuv kanalida ayol va uni qutqarishga uringan 20 yoshli Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Kuchli oqim tufayli xodimning jasadi bir necha kun qidirildi.

Toshkent shahrining Xotira xiyoboni yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida mudhish baxtsiz hodisa yuz berdi. “Millar” dasturida xabar qilinishicha, kanalda suv oqimi bo‘ylab oqib ketayotgan ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi va o‘sha ayolning o‘zi halok bo‘lgan. Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Asror Masurovning ma’lum qilishicha, xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar suvda oqib ketayotgan fuqaroni ko‘rib qolgan va ulardan biri ayolning hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan o‘zini suvga tashlagan. Biroq kanaldagi kuchli suv oqimi va girdob sababli ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmagan va u cho‘kib ketgan. Shuningdek, kuchli oqimga dosh bera olmagan Milliy gvardiya xodimi ham girdobda qolib, halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol qutqarib qolingani, xodimning jasadi esa 7 kundan beri qidirilayotgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi va har ikki fuqaro ham voqea joyida vafot etgani tasdiqlandi. O‘zini suvga tashlagan ayolning jasadi o‘sha kunning o‘zida qutqaruvchilar tomonidan topilib, yaqinlariga topshirilgan. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining jasadi esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv xizmatlari va hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida topilgan. Surishtiruvlar davomida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi 2005-yilda tug‘ilgan yosh yigit ekani va tez orada uning to‘yi bo‘lishi kutilayotgani aniqlangan.