O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

AQSHda YTH sodir etgan O‘zbekiston fuqarosiga ayblov e’lon qilindi

AQSHda YTH sodir etgan O‘zbekiston fuqarosiga ayblov e’lon qilindi

Ogayo shtati sudi 21 yoshli futbolchi Tobias Forsaytning o‘limiga sabab bo‘lgan YTHdan so‘ng dalillarni yo‘q qilishga uringan 42 yoshli Behzod Asrarovga ayblov qo‘ydi. AQSHda migrant haydovchilar tekshirilmoqda.

“The Columbus Dispatch” nashrining xabar berishicha, Asrarov boshqaruvidagi yuk mashinasi 21 yoshli kollej futbolchisi, Massachusets universiteti jamoasi darvozaboni Tobias Forsayt boshqarib ketayotgan “Honda Accord” rusumli yengil mashinaga borib urilgan.

Zarb qattiqligidan sportchi voqea joyida halok bo‘lgan, yuk mashinasi esa to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda yana bir avariyani sodir etgan. Tergovchilar tergov yakunlari bo‘yicha Asrarovga nisbatan qo‘shimcha og‘ir ayblovlar kiritilishini istisno etmayapti.

“Fox News” telekanalining ma’lum qilishicha, Asrarov AQSHga “Diversity Visa” (Green Card) dasturi orqali ko‘chib o‘tgan va Ogayo shtatida tijoriy haydovchilik guvohnomasini (CDL) qo‘lga kiritgan. AQSH Transport vaziri Shon Daffining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari haydovchi ingliz tilini umuman bilmasligi sababli u bilan muloqot qilishda “Google Translate” ilovasidan foydasigan bo‘lgan. Shuningdek, Asrarov qilmishini yashirish maqsadida yuk mashinasi oynasidagi videoregistratorni yulib olib yashirgan, o‘zining bir nechta uyali telefonlarini hamda yuk mashinasining ish vaqtini qayd etuvchi elektron moslamasini sindirishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.

Ushbu voqea AQSH hukumatining yuqori doiralarida keskin norozilik va jamoatchilik rezonansini keltirib chiqardi. Transport vaziri Shon Daffi tijorat transporti haydovchilariga qo‘yiladigan talablarni, xususan, ingliz tilini bilish mezonlarini keskinlashtirish zarurligini bildirdi.

Mazkur fojia AQSHda o‘tkazilayotgan yirik “SafeDRIVE” federal xavfsizlik operatsiyasi fonida yuz berdi. Avtotransport tashuvlari xavfsizligi federal boshqarmasi (FMCSA) tomonidan mamlakatning 20 dan ortiq shtatida o‘tkazilgan ommaviy reydlar davomida minglab qonunbuzarliklar aniqlangan, yuzlab xorijlik haydovchilar, jumladan, ingliz tilini yetarli darajada bilmagani sababli yuk mashinasi boshqarish huquqidan vaqtincha chetlashtirilgan.