O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda 15-iyuldan Open Budget loyihasining ikkinchi mavsumiga start beriladi

O‘zbekistonda 15-iyuldan Open Budget loyihasining ikkinchi mavsumiga start beriladi

Respublikada Open Budget jarayonlarining joriy yildagi ikkinchi mavsumi boshlanmoqda. Fuqarolardan loyihalar qabuli 15-iyuldan yo‘lga qo‘yiladi, g‘oliblar esa Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Ushbu tizim orqali respublikaning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi aholi o‘z mahallasi yoki tumanidagi infratuzilma, yo‘llarni ta’mirlash hamda ijtimoiy obyektlarni yaxshilash bo‘yicha mablag‘ yo‘naltiriladigan loyihalarni mustaqil belgilash imkoniga ega bo‘ladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur mavsum doirasida amalga oshiriladigan barcha bosqichlarning aniq muddatlari belgilab berildi. Unga ko‘ra, fuqarolar tomonidan takliflarni shakllantirish va loyihalarni qabul qilish jarayoni 15-iyuldan 3-avgustgacha davom etadi. Shundan so‘ng, 4-avgustdan 18-avgustgacha kelib tushgan tashabbuslar mas’ullar tomonidan saralab olinadi.

Saralashdan o‘tgan loyihalarni keng ommaga tanitish va targ‘ibot qilish kampaniyasi 19–21-avgust kunlari o‘tkazilsa, eng qizg‘in jarayon — ovoz berish bosqichi 22-avgustdan 31-avgustgacha tashkil etiladi.

Loyihaning asosiy g‘oliblari mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami nishonlanadigan kuni, ya’ni 1-sentabrda e’lon qilinadi. Qo‘shimcha g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati esa 1-sentabrdan 10-sentabrgacha bo‘lgan muddatda taqdim etiladi.