So‘nggi:
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab 2500 ga yaqin retseptli dorilar narxi keskin arzonlashdiJamiyatAndijonda xotinini maktab binosida pichoqlab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildiJamiyatAQSHda kuzatilayotgan g‘ayritabiiy issiq havo oqibatida 25 kishi halok bo‘ldiDunyoNeymar Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Braziliya terma jamoasidan ketdiSportToshkentdagi ommaviy svet o‘chishlari sababini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildiJamiyatAQSH prezidentining qo‘ng‘irog‘i terma jamoa yulduzini JCHdagi sharmandalikdan saqlab qoldiSportO‘zbekistonda 1-avgustdan baliqchilik subyektlariga bir qator yangi imtiyozlar beriladiJamiyatToshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona erto‘lada joylashadiJamiyatKongo Demokratik Respublikasida Ebolaga chalinganlar soni 1,5 mingdan oshdiDunyoJavohir Sindorov AQSHdagi Naroditskiy xotira turnirida chempion bo‘ldiSport

Toshkentdagi ommaviy svet o‘chishlari sababini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi

Toshkentdagi ommaviy svet o‘chishlari sababini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi

Energetika vazirligida o‘tgan yig‘ilishda Toshkentdagi ommaviy svet o‘chishlari sababini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi. Tizimda korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘riladi, hududiy rahbarlar attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Energetika vazirligida Prezident administratsiyasi, Bosh prokuratura va mahalliy hokimliklar vakillari ishtirokida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda poytaxtdagi favqulodda elektr uzilishlari sabablarini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgani e’lon qilindi. Komissiya avariyalar ildizini sinchiklab o‘rganadi, elektr tarmoqlari va uskunalarining texnik holatini, rekonstruksiya ishlari sifatini hamda avariyaga qarshi himoya tizimlarini tekshiruvdan o‘tkazadi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28-iyun kuni Yakkasaroy tumanidagi “Yuksak” podstansiyasida yuz bergan yirik avariya sababli poytaxtning to‘rtta tumani va Toshkent viloyatida jami 55 mingta iste’molchi chiroqsiz qolgan edi.

Yig‘ilishda joriy yoz mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘tgan yilgiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi kutilayotgani sababli, avariya brigadalarini shay holatda tutish va tarmoqlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, energetika sohasidagi korrupsiyaga qarshi “ murosasiz yondashuv” e’lon qilindi. Endilikda korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan barcha xodimlar darhol ishdan bo‘shatiladi. Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tarmoq korxonalari rahbarlari to‘liq attestatsiyadan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartira olmagan hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni paysalga solgan barcha tizim rahbarlari shaxsiy javobgarlik to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.