O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Sanepidqo‘mita Toshkent bozorlarida 150 kg yaroqsiz qovunni savdodan oldi

Sanepidqo‘mita Toshkent bozorlarida 150 kg yaroqsiz qovunni savdodan oldi

Sanepidqo‘mita Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida 150 kg iste’molga yaroqsiz qovunni aniqlab, savdodan oldirib tashladi. Idora aholini bozorlarda qovun-tarvuz xarid qilayotganda hushyor bo‘lishga chaqirmoqda.

Ushbu tekshiruvlar davomida sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydigan va sifati buzilgan 150 kilogramm iste’molga yaroqsiz qovun mahsuloti aniqlandi. Aholi o‘rtasida zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida ushbu mahsulotlar zudlik bilan savdo rastalaridan olib tashlandi va yo‘q qilindi.

Shu munosabat bilan Sanepidqo‘mita va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni bozorlardan qovun-tarvuz xarid qilayotganda juda ehtiyot bo‘lishga va hushyorlikni oshirishga chaqirmoqda. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, yetarli darajada pishmagan, sifati buzilgan yoki yetishtirilish jarayonida kimyoviy va azotli o‘g‘itlardan ko‘p foydalanilgan poliz mahsulotlari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Tarkibida nitrat moddasi ko‘p bo‘lgan yoki buzilgan mahsulotlar iste’mol qilinganda zaharlanish belgilari 4–6 soat ichida namoyon bo‘ladi. Bunda ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin va bosh og‘rig‘i, tana haroratining 38–39 darajagacha ko‘tarilishi, qon bosimining pasayishi va holsizlik kuzatiladi. Shifokorlar bunday vaziyatda o‘zini o‘zi davolash qat’iyan man etilishini va tez yordamga murojaat qilish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Ayniqsa, bolalar va emizikli ayollar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratish lozim.

Poliz mahsulotlarini sotib olayotganda, eng avvalo, sotuvchidan mahsulotning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi tegishli ruxsatnomalarni talab qilish zarur. Tabiiy pishgan tarvuz chertib ko‘rilganda jarangdor ovoz chiqaradi, uning po‘stlog‘ini osongina tirnash mumkin, bandi esa qurigan bo‘ladi. Agar tarvuz ichidagi tomirlar sariq yoki binafsha tusda bo‘lsa, bu uning nitrat bilan to‘yinganidan dalolat beradi. Shuningdek, mahsulotni yeyishdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvish va kesilgan qovun-tarvuzlarni sovitgichda 2–3 soatdan ortiq saqlamaslik tavsiya etiladi.