So‘nggi:
Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyat

Toshkent transport inqirozi iqtisodiyotga 343 million dollar zarar keltirmoqda

Toshkent transport inqirozi iqtisodiyotga 343 million dollar zarar keltirmoqda

Toshkent transport inqirozi iqtisodiyotga 343 million dollar zarar keltirmoqda, bu esa poytaxt yalpi hududiy mahsulotining 1,27 foiziga tengdir.

Mutaxassislar ushbu yo‘qotishlarni samarasiz logistika uchun to‘lanayotgan «yashirin soliq» deb atamoqdalar. Asosiy zarar vaqt yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lib, tirbandliklar tufayli aholi har bir kilometr yo‘lda o‘rtacha bir yarim daqiqa ortiqcha vaqt sarflashga majbur bo‘lmoqda.

Inqirozning ildizi yo‘l infratuzilmasiga uzoq vaqt davomida yetarli sarmoya kiritilmaganiga borib taqaladi. Hozirda poytaxtdagi asosiy magistral yo‘llarning 90 foizi, ya’ni 411 kilometr yo‘l qismi ta’mirga muhtoj. Shahar yo‘llaridagi kundalik transport oqimi 770 ming donani tashkil etib, bu loyihaviy quvvatdan ikki baravar ko‘pdir. Vaziyatni har yili avtoparkning 110 mingtaga ko‘payishi va har kuni shaharga viloyatlardan 1,5 million kishi kirib kelishi yanada og‘irlashtirmoqda.

Muammoning yechimi sifatida shahar ma’muriyati jamoat transportini ustuvor yo‘nalishga aylantirish va shaxsiy avtomobillardan foydalanishni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Iqtisodiy zarardan tashqari, tirbandliklar ekologik muammolarni ham keltirib chiqarmoqda: havoga yiliga 3 ming tonna zaharli PM 2.5 zararrchalari tashlanmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili qayd etilgan 1 225 ta yo‘l-transport hodisasi nafaqat inson salomatligiga xavf solmoqda, balki shahar budjeti uchun qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.