Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Kongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdi

Kongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdi

Kongo DRda Ebolaning kamyob shtammini yuqtirgan AQSH fuqarosi Germaniyaning “Sharite” klinikasida eksperimental terapiya yordamida butkul sog‘aydi. JSST mintaqada favqulodda vaziyat e’lon qilgan.

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik bemor muvaffaqiyatli davolanib, Germaniya klinikasidan uyiga javob berildi. 17 kun davomida intensiv muolajalar olgan erkak ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan ushbu xavfli infeksiyani butkul yengib o‘tgan. Berlin shifokorlari uni qutqarish uchun eksperimental davolash usullarini qo‘llashdi.

Ebola kasalligining ushbu to‘lqinini keltirib chiqargan kamyob Bundibugyo shtammi uchun hozircha rasman tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas. Mashhur “Sharite” (Charité) klinikasi bayonotiga ko‘ra, Stafford familiyali ushbu bemor ayni paytda sinovdan o‘tayotgan eksperimental terapiya usullari yordamida davolangan.

 Bemor 2026-yil 20-may kuni klinikaga qabul qilinganda unda Ebolaning yaqqol og‘ir belgilari bo‘lgan. Biroq virusga qarshi intensiv terapiya va qo‘llab-quvvatlovchi muolajalar tufayli uning organizmidagi virus miqdori keskin kamaygan. 30-maydan boshlab o‘tkazilgan tekshiruvlarda unda virus aniqlanmagan.

Bemorning rafiqasi va farzandlari virus yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar sifatida karantinga olingan edi, biroq shanba kuniga kelib ularda kasallik alomatlari topilmadi va cheklovlar olib tashlandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo DR hukumati va kasallik holatlari qayd etilgan qo‘shni Uganda may oyi oxirida jami 900 dan ortiq kasallanish ва 84 ta o‘lim holati haqida xabar bergan.

JSST vaziyat jiddiyligi bo‘yicha ikkinchi darajali xavf darajasini e’lon qildi. Tashkilot vakilining ma’lum qilishicha, Ebola virusi yangi variantining avj olishi “xalqaro miqyosdagi sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyat” deb baholanmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish