So‘nggi:
O‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyatKo‘ksaroyda Ziroat Mirziyoyeva va Albaniya birinchi xonimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdiSiyosatTurk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqdaIqtisodiyotHumo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadiJamiyatMirziyoyev AQSH Eksimbanki va DFC rahbarlarini qabul qildiDunyoShvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyoMuddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladiJamiyatO‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandiJamiyatTurkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildiJamiyat

AQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdi

AQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdi

AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron radarlariga zarba berdi. Bunga javoban Eron AQSHning Quvayt va Bahrayndagi bazalariga hamda tankerlarga hujum uyushtirdi.

AQSH harbiylari Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi tomon uchirilgan dronlarni urib tushirganidan so‘ng, Vashington 2026-yil 6-iyun kuni Eron qirg‘oqlaridagi radar obyektlariga havo zarbalari berdi. Reuters agentligining amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, Eronning to‘rtta droni mintaqadagi xalqaro dengiz qatnovini nishonga olgan deb hisoblanmoqda.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bayonotiga ko‘ra, strategik jihatdan muhim hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozida joylashgan Goruk va Qeshm orollaridagi Eron kuzatuv (radar) obyektlari yo‘q qilingan.

Quvayt va Bahrayndagi AQSH bazalariga javob hujumlari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IQYK) AQSH zarbalariga javoban zudlik bilan aksilhujum boshlaganini e’lon qildi. Eron kuchlari AQSHning Quvayt va Bahrayndagi harbiy bazalariga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba bergan. Shuningdek, bo‘g‘ozdan ruxsatsiz o‘tishga uringan to‘rtta tankerga qarata o‘t ochilgan.

Kuvayt davlat OAVlari havo mudofaa tizimlari hujumni qaytarganini ma’lum qildi, Bahraynda esa trevoga signallari chalinib, aholi boshpanalarga chaqirildi. Har ikki arab davlati Eronning bu harakatlarini “ochiqchasiga tajovuzkorlik” deb qoraladi. AQSH harbiylari Eron otgan oltita raketani urib tushirganini, yettinchisi esa nishonga yetmay qulaganini bildirdi.

Muzokaralar inqirozi va neft muammosi Vashington va Tehron uch oydan beri davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun bilvosita muloqot olib borayotgan edi. Biroq vaqti-vaqti bilan sodir bo‘layotgan to‘qnashuvlar muvaqqat kelishuvga erishishni qiyinlashtirmoqda.

Tehron muzokaralarda quyidagi qat’iy talablarni qo‘ymoqda:

  • Milliardlab dollarlik muzlatilgan neft daromadlaridan foydalanishga ruxsat berish;

  • Xom neft eksportiga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalarni bekor qilish;

  • AQSH томонидан Eron portlariga qo‘yilgan blokadani olib tashlash;

  • Hormuz bo‘g‘ozi ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lish.

Eron ayni paytda dunyo neft tashilishining qariyb 20 foizini (beshdan bir qismini) ta’minlaydigan ushbu suv yo‘lini amalda to‘sib qo‘ygan. Mojaroni hal qilishda vositachilik qilayotgan Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi 6-iyun kuni Tehronga yo‘l olgani aytilmoqda.

Donald Trampning bayonoti AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat ichida benzin narxi oshishi ortidan kuchli siyosiy bosimga duch kelmoqda va undan urushni tezroq tugatish talab qilinmoqda.

Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida Eronning harbiy salohiyati jiddiy darajada zaiflashtirilganini qayd etdi:

“Ularda ba’zi raketalar va dronlar bor. Foiz hisobida aytadigan bo‘lsam, balki raketalarining 21-22 foiziqolgandir. Bu ham ko‘p raketa, lekin biz birinchi marta hujum qilgan paytimizdagidek emas”, — dedi AQSH prezidenti.

Eron yetakchilarining kelishuvga shoshilmayotgani sababini esa Tramp ularning “kuchli va g‘ururli” ekanligi hamda yon berishlar uchun ularga biroz vaqt kerakligi bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2-iyun kuni ham AQSH kuchlari Qeshm oroliga zarba bergan, bunga javoban Eron AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti qarorgohiga dronlar bilan hujum uyushtirgan edi.