O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda innovatsion loyihalar namoyish etildi. G‘olib Ayzada Asanovaga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili tantanali ravishda topshirildi. .

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtdagi Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan davlat rahbariga bir qator innovatsion loyihalar taqdim etildi.

Taqdimot davomida iqtidorli yoshlar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari, muhandislik loyihalari, antidron tizimlari va ta’limga oid takliflarini namoyish etishdi.

Tadbirning eng e’tiborli voqealaridan biri mukofotlash marosimi bo‘ldi. “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibi Ayzada Asanovaga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, yosh ixtirochi qiz Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovda ishtirok etish yo‘llanmasiga ham ega bo‘ldi.