O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkent aeroportida milliy terma jamoani kutib olish marosimi o‘tkaziladi

Toshkent aeroportida milliy terma jamoani kutib olish marosimi o‘tkaziladi

AQShdagi Jahon chempionatidan qaytayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-iyul kuni Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali ravishda kutib olinadi.

AQShda yakuniga yetgan 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga vatinga qaytib keladi. Shu munosabat bilan poytaxt aeroportida mamlakatimiz bosh jamoasi a’zolarini tantanali ravishda kutib olish marosimi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Futbolchilarni kutib olish tadbiri 1-iyul kuni soat 09:00 da Toshkent xalqaro aeroportining mahalliy yo‘nalishlar hisoblangan 3-terminalida (Terminal 3) bo‘lib o‘tadi. Barcha futbol ishqibozlari, OAV vakillari va jamoatchilik vakillari dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilgan milliy terma jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun terminal oldidagi maydonga taklif etiladi.