O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Andijonda Malibu-2 piyodalar yo‘lakchasida uch kishini urib ketdi, qurbonlar bor

Andijonda Malibu-2 piyodalar yo‘lakchasida uch kishini urib ketdi, qurbonlar bor

Andijon shahrida mudhish YTH yuz berdi. Malibu-2 haydovchisi “zebra”dan o‘tayotgan uch piyodani urib yuborishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Haydovchi qamoqqa olindi.

Xabarga ko‘ra, voqea joriy yilning 25-iyun kuni taxminan soat 17:55 larda Andijon shahrining “Yangi Bo‘ston” mahallasi hududidan o‘tuvchi Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 29 yoshli haydovchi Malibu-2 avtomobilini boshqarib borayotganda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar fuqaroga yo‘l bermasdan, ularni shiddat bilan urib yuborgan.

To‘qnashuv oqibatida og‘ir tan jarohati olgan uchala piyoda ham zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha tibbiy muolajalarga qaramasdan, jarohatlanganlarning ikki nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi, ya’ni odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Malibu-2 haydovchisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.