O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur masala deputat va senatorlar bilan muhokama qilingan hamda tez orada jamoatchilik muhokamasiga e’lon qilinadi.

Vazir ushbu tashabbus maktab o‘quvchilarini smartfonlardan butunlay mahrum qilishni anglatmasligini, maqsad faqat raqamli qurilmalardan xavfsiz va oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish ekanini ta’kidladi.

Hozirda maktablarda dars boshlanishidan oldin telefonlarni topshirish tartibi mavjud bo‘lsa-da, amaliyotda ushbu qoidaga hamma joyda ham amal qilinmayapti. Shu sababli vazirlik cheklovlarni qonun darajasida mustahkamlashni zarur deb hisoblaydi.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlarni internet-tobelik va zararli kontentdan himoya qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga cheklov qo‘yish masalasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, xususan, qo‘shni Qozog‘istonda ham faol ko‘rib chiqilmoqda.