O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda avtobus ichida mast erkak yo‘lovchi qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatdi

Toshkentda avtobus ichida mast erkak yo‘lovchi qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatdi

Bektemir tumani sudi qarori bilan jamoat transportida ayol kishiga tazyiq o‘tkazib jinsiy a’zosini ko‘rsatdgan viloyatlik fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Navbatdan tashqari hodisa tonggi vaqtda poytaxtda qatnovchi 97-sonli yo‘nalishli avtobusda ro‘y bergan.

Keyinroq kiyimlarini pastga tushirgan holda unga jinsiy a’zosini ko‘rsatib, shon-sharafini yerga urgan. Jabrlanuvchining baqirishi ortidan u avtobusdan juftakni rostlamoqchi bo‘lgan, biroq haydovchi eshiklarni ochmagan. Shundan so‘ng mast shaxs transport vositasini tepib, haqoratli so‘zlar ishlatgan. Voqea joyiga chaqirilgan ichki ishlar xodimlariga ham bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi qilmishidan afsusdaligini, mastligi sababli hech narsani eslay olmay, IIB binosida o‘ziga kelganini bildirib, kechirim so‘radi.

Sud qarori bilan u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik), 183-moddasi (Mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topildi. Huquqbuzarga 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq, BHMning 5 baravari (2 060 000 so‘m) miqdorida jarima va saqlash xarajatlari uchun 933 ming so‘m to‘lash majburiyati yuklatildi.