O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan Rossiya fuqarolari endi ko‘plab rasmiy hujjatlarni masofaviy tarzda rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Mamlakatimiz Rossiyaning “Gosuslugi” portali xizmatlarini xorijda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha start oladigan ilk davlatlar qatoridan joy oldi.

Joriy yilning iyul oyida boshlanadigan ushbu eksperiment 2027-yil yakuniga qadar davom etadi va u Rossiya TIV muassasalari hamda “Rossotrudnichestvo” vakolatxonalari bazasida tashkil etiladi. Loyiha, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Turkiya, Hindiston va Xitoyda ham yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tartib sharofati bilan fuqarolar konsullik bo‘limlariga shaxsan borib navbat kutishlariga hojat qolmaydi. Ular maxsus nuqtalar orqali Yagona identifikatsiya tizimidagi (ESIA) hisob qaydnomalarini tasdiqlashlari, elektron imzo sertifikatlarini rasmiylashtirishlari hamda zarur ma’lumotnomalarni onlayn buyurtma qilishlari mumkin.

Xorijdan kelib tushadigan arizalarni muvofiqlashtirish va ularni qayta ishlash Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi ko‘p tarmoqli markaz (MFS) tomonidan markazlashgan holda bajariladi. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida aloqa kanallarining himoyalanganligi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu Rossiya davlat xizmatlari loyihasida mamlakat Pensiya va ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi ham hamkor sifatida ishtirok etmoqda.