O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildi

O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildi

Respublikada mansabdor shaxslarni sotib olganlik uchun jazo chorasi kuchaytirildi. Endi aybdorlarga nisbatan 1 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-8-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda davlat xaridi ob’yektining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor qiymati o‘rtasidagi farq me’yoridan oshirib ko‘rsatilsa (talon-toroj qilish holatlari mavjud bo‘lmaganda), mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravarigacha (12,36 mln so‘m) jarima solinadi.

Agar ushbu xato bir yil ichida takroran sodir etilsa, jarima miqdori BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (20,6 mln so‘mgacha) yetadi.

Shuningdek, davlat organlari, korxonalari yoki mahalla idoralari xodimlarini pora evaziga sotib olish (podkup) uchun jazo chorasi keskinlashtirildi. Muqaddam ushbu qilmish uchun faqat jarima yoki jamoat ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, aybdorlar 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Davlat xizmatchisining o‘zi tomonidan qonunga xilof ravishda moddiy boyliklar yoki mulkiy manfaatlar olinganligi uchun ham xuddi shunday 1 yilgacha qamoq jazosi belgilandi.