O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda avtobus yo‘laklari delimitatorlar yordamida ajratilmoqda

Toshkentda avtobus yo‘laklari delimitatorlar yordamida ajratilmoqda

Poytaxt ko‘chalarida jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida “A” toifasidagi avtobus yo‘laklarni umumiy oqimdan jismoniy to‘siqlar bilan ajratish boshlandi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan “Magic City” hududidagi Furqat ko‘chasidan Xalqlar do‘stligi saroyi yaqinidagi Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismiga chiziqlar chizilib, yo‘laklarni delineatorlar bilan ajratish иshlari boshlab yuborildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yechim avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini oshirishga, tirbandliklardagi kechikishlarni kamaytirishga hamda jamoat transporti jadvalining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. AQSH, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Boku kabi dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida avtobus yo‘laklarining to‘siqlar bilan ajratilishi transport tizimi samaradorligini oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi.

Delineatorlarning o‘rnatilishi boshqa transport vositalarining avtobus yo‘lagiga kirib ketishi yoki u yerda to‘xtab turishining oldini oladi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil davomida Toshkentning 30 dan ortiq ko‘chasida “A” toifasidagi alohida yo‘laklar tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, ularda delineatorlar va boshqa zarur infratuzilma elementlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Delineator — bu yo‘llardagi harakat bo‘laklarini bir-biridan jismoniy tarzda ajratib turuvchi, maxsus plastik yoki rezinadan tayyorlangan to‘siq elementidir.