23-iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi o‘yini sababli Toshkent metropoliteni tungi soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, guruhdagi ikkinchi muhim o‘yin ertaga, 23-iyun kuni soat 22:00 da start oladi va poytaxtning turli hududlarida minglab muxlislar o‘yinni tomosha qilish uchun jamlanishi kutilmoqda.
Shu sababli, jamoat transportining uzluksiz ishlashini ta’minlash va o‘yindan so‘ng yo‘lovchilarning uylariga xavfsiz yetib olishlari uchun metro liniyalari tungi soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
Metropoliten ma’muriyati ushbu qo‘shimcha ish tartibi ishqibozlarning o‘yindan so‘ng o‘z manzillariga tezkor yetib borishlarini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlagan.





