O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladi. Aksar hududlarda issiq va changli shamol bo‘lishi, tog‘ oldi hududlari hamda Toshkentda esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zgidromet xabar berishicha, mamlakatning markaziy va sharqiy tumanlarida havo harorati 31–34 daraja, janubiy hududlarda esa 37–40 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Eng yuqori harorat ko‘rsatkichlari cho‘l zonalari va respublikaning shimoli-g‘arbiy qismida qayd etilib, yakshanba kuniga borib jazirama 39–42 darajagacha kuchayishi kutilmoqda.

Umumiy issiq iqlim foniga qaramay, ayrim hududlarda qisqa muddatli mahalliy yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. Kuning ikkinchi yarmida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kuchliroq bo‘lib, sel-suv toshqini xavfi saqlanib qoladi. Shuningdek, respublika bo‘ylab shamol tezligi soniyasiga 7–12 metrdan 13–18 metrgacha kuchayishi va buning oqibatida joylarda chang-to‘zonli havoning paydo bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida 19–21-iyun kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Poytaxtda peshindan keyingi soatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, biroq kunduzgi harorat baribir 31–34 daraja issiqni tashkil etadi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi shahar ichida soniyasiga 3–8 metrni tashkil qilsa-da, vaqti-vaqti bilan 12–15 metrgacha kuchayib, changli g‘ubor hosil qilishi mumkin. Mutaxassislar aholiga kunning issiq vaqtida bosh kiyim kiyishni va ko‘proq suv iste’mol qilishni tavsiya etadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish