O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Markaziy bank taqchillik sabab futbolga bag‘ishlangan tangalar tirajini oshiradi

Markaziy bank taqchillik sabab futbolga bag‘ishlangan tangalar tirajini oshiradi

Futbolga bag‘ishlangan tangalarning birinchi partiyasi talab tufayli zudlik bilan tugadi. Markaziy bank yuzlab oltin va minglab kumush nusqalarni qo‘shimcha zarb etadi.

Regulyatorning bunday qadam tashlashiga esdalik pullari sotuvga chiqqan ilk kunlardanoq xaridorlar o‘rtasida yuzaga kelgan katta qiziqish va fuqarolardan tushgan ko‘plab so‘rovlar sabab bo‘lgan. Bosh bank bayonotida keltirilishicha, qo‘shimcha tiraj barcha qiziquvchi kolleksionerlar va muxlislarning talabini qondirishga xizmat qiladi.

Dastlab bosh jamoamizning tarixiy odimlari sharafiga tayyorlangan ushbu numizmatik to‘plam juda cheklangan miqdorda — atigi 100 dona oltin hamda 1000 dona kumush tangadan iborat edi. Yangilangan rejaga ko‘ra, zarbxona yana 400 dona oltin va 2000 dona kumush pul belgilarini ishlab chiqaradi va bu umumiy hajmni sezilarli darajada o‘stiradi.

Markaziy bank mutasaddilari ko‘rsatilgan bunday e’tibor va qizg‘in munosabat uchun jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. «Barchaga samimiy qabul uchun rahmat! Olg‘a, O‘zbekiston!» — deya xulosa qilinadi xabarda.