Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadi

Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadi

Vaqt tafovuti sababli O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 07:00 da boshlanadi. 18-iyun kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadi.

O‘zbekistonda milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini tomosha qilish uchun fuqarolarga qulaylik yaratiladi. Payshanba, 18-iyun kuni mamlakatdagi barcha davlat tashkilotlarida ish kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bunday qaror milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechadigan tarixiy o‘yini munosabati bilan qabul qilindi. Vaqt tafovuti sababli uchrashuvning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi Toshkent vaqti bilan ertalab soat 07:00 da boshlanadi. Ish vaqtining surilishi millionlab vatandoshlarimizga hech qanday shoshilishlarsiz, sevimli jamoamizni ekran qarshisida xotirjam qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish