O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Mirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladi

Mirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TMIF) Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar uchun Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish, yashil energetika va sun’iy intellektni rivojlantirish kabi strategik vazifalarni e’lon qildi.

Davlat rahbari o‘z chiqishida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘tgan yili 7,7 foizga o‘sganini, joriy yilda YaIM hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilayotganini ta’kidladi. Mamlakat xalqaro zaxiralari 70 milliard dollardan oshdi, so‘nggi besh yilning o‘zida esa iqtisodiyotga 123 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Forumda Prezident O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiquvchi 6 ta ustuvor yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi.

1. Investorlar uchun huquqiy kafolatlar va Toshkent xalqaro moliya markazi

Mamlakatda alohida huquqiy rejimga ega Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilmoqda. Markaz ishtirokchilari uchun soliq va bojxona imtiyozlari, kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati beriladi. Shuningdek, xalqaro arbitraj va xorijlik sudyalar ishtirokidagi tijorat sudi joriy etiladi.

2. Kapital bozori va islom moliyasi

O‘zbekiston xalqaro bozorlarda 16 milliard dollardan ziyod obligatsiyalar joylashtirdi. Endilikda suveren islom obligatsiyalarini (sukuk) joriy etish orqali yangi investitsiyalar oqimini jalb qilish rejalashtirilmoqda. Kapital bozori va investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilik bazasi yangilanadi.

3. Yuqori qo‘shilgan qiymatli zanjirlar va «Kelajak metallari»

Yaqin yillarda yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari hajmi 2,5 barobarga oshiriladi. Kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari asosiy drayverlarga aylanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning 3 trillion dollarlik kritik mineral xomashyo bazasidan samarali foydalanish uchun xorijiy investorlar ishtirokida «Kelajak metallari»texnoparklari tashkil etiladi.

4. «Yashil» energetika va Sun’iy intellekt

Iqtisodiyotda qayta tiklanuvchi energiya ulushi tez orada 54 foizga yetkaziladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt (AI) loyihalari va ma’lumotlar markazlari (data-markazlar) uchun maxsus imtiyozli zona yaratiladi. Mazkur sohadagi qo‘shilgan qiymat salohiyati 10 milliard dollarga baholanmoqda.

5. Hududiy transport va logistika bog‘liqligi

O‘zbekiston Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li, Transafg‘on koridori va Markaziy yo‘lak kabi yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lgan Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishi davom etmoqda.

6. Urbanizatsiya, «Yangi Toshkent» va turizm salohiyati

2040-yilgacha mamlakatda urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 65 foizga yetkazish va uy-joy qurilishi hajmini 2 barobar oshirish mo‘ljallangan. Bunda «Yangi Toshkent» loyihasi va viloyat markazlarini millionlik shaharlarga aylantirish dasturlari asosiy o‘rin tutadi. Turizm sohasida esa yiliga 15-20 million sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi, qishloq xo‘jaligi eksporti esa 10 milliard dollarga yetkaziladi.

Nutq yakunida Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari investitsiya kengashlarining Hududiy alyansini tuzish taklifini qo‘llab-quvvatladi.