So‘nggi:
Turk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqdaIqtisodiyotHumo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadiJamiyatMirziyoyev AQSH Eksimbanki va DFC rahbarlarini qabul qildiDunyoShvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyoMuddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladiJamiyatO‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandiJamiyatTurkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildiJamiyat1-iyuldan yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod majburiy bo‘ladiIqtisodiyotO‘zbekistonda nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatO‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi chigirtkalar yoprilishi nazoratga olindiJamiyat

Humo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadi

Humo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadi

23-iyun kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida FIFA World Cup 2026 doirasidagi tarixiy O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi jonli translyatsiyasiga bag‘ishlangan xayriya festivali o‘tkaziladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani mamlakat o‘n yilliklar davomida kutgan tarixiy voqeadir. Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs ushbu yorqin yo‘lni dunyo futbol arenasida davom ettiradi va jamoamiz ilk bor bunday nufuzli turnirda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, ushbu tadbir HUMO Arena tribunasida 8 000 dan ortiq muxlisni bir joyga jamlaydi. Katta ekrandagi translyatsiya, zalning jonli reaksiyasi va haqiqiy stadion his-tuyg‘ulari muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etadi.

Kechaning ko‘ngilochar dasturidan shou-biznes yulduzlari va taniqli san’atkorlarning chiqishlari, maxsus fan-zonalar, qiziqarli interaktiv o‘yinlar hamda mazali taomlar taqdim etiladigan fud-kortlar o‘rin olgan. Eng muhimi, chiptalar sotuvidan tushgan barcha mablag‘lar loyihaning asosiy hamkori hisoblangan VAQF xayriya jamoat fondiga o‘tkazib beriladi.

UZCARD FOOTBALL FEST loyihasining tashkilotchilari UZCARD to‘lov tizimi hamda HUMO Arena majmuasidir. Loyiha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (OFA) hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Tadbirning bosh homiysi Lay’s, homiylar va hamkorlari EVOS va Korzinka, rasmiy ko‘rsatuvchisi ZO’R TV hamda chiptalar operatori iTicket hisoblanadi. Axborot hamkorlari sifatida Kursiv Uzbekistan va Prесса.uz loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tadbir chiptalarini iTicket platformasidan xarid qilish mumkin bo‘lib, ularning narxi joylashuviga qarab 200 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha etib belgilangan.