O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Muddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladi

Muddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladi

Qonunchilik palatasi MJTKning 178-moddasiga o‘zgartishlar kiritishni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Muddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun jarimalar oshiriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, shuningdek, muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotishning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullashdi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga (Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) tegishli o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilgan.

Yangi qoidalar doirasida muddati o‘tgan tovarlarni sotish hamda qabul qilish, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati majburiy tartibda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni ushbu ma’lumotlarsiz pullaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Mazkur hujjatning asosiy maqsadi aholi hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni kuchaytirishdan iboratdir.