Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyat

Eski mashinalar uchun yiliga 12,3 mln so‘m ekologik to‘lov joriy etilishi mumkin

Eski mashinalar uchun yiliga 12,3 mln so‘m ekologik to‘lov joriy etilishi mumkin

Foydalanish muddati tugagan avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimiga oid qaror loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eski mashinalar uchun 30 BHM miqdorida ekologik kompensatsiya undiriladi.

O‘zbekistonda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan hamda ekologiyaga zarar yetkazayotgan eski avtotransport vositalarini utilizatsiya qilish tizimini yaratishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjatda poytaxt и viloyatlardagi eski mashina egalari uchun jiddiy moliyaviy cheklovlar hamda yangi rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish taklif qilingan.

Yangi tartibga ko‘ra, 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ko‘p bo‘lgan avtomobillarning egalari har yili 30 BHM (baza hisoblash miqdori) ya’ni 12,36 million so‘m miqdorida majburiy ekologik kompensatsiya to‘lashlari kerak bo‘ladi. Mazkur qoidadan faqat antikvar transport vositalari mustasno qilinadi, xolos.

Bundan tashqari, normativ hujjat loyihasida quyidagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan:

  • Harakatni taqiqlash: Atrof-muhitga zararli deb topilgan transport vositalaridan foydalanish va ularni boshqa shaxs nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi hamda ular davlat hisobidan chiqariladi. Biroq hozircha qaysi mezonlarga ko‘ra mashinalar zararli toifaga kiritilishi loyihada aniqlashtirilmagan.

  • Kompensatsiya va vaucherlar: Eski mashinalarni topshirish uchun yagona elektron platforma ishga tushiriladi. Avtomobilini utilizatsiyaga bergan fuqarolarga pul kompensatsiyasi yoki yangi mahalliy mashina sotib olish uchun elektron vaucherlar taqdim etiladi. Vaucher yordamida yangi avto xaridiga chegirma olish yoki uni bir yildan ortiq muddatga muddatli to‘lovga (rastrochkaga) rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

  • Eski mashinalar eksporti: 10 yoshgacha bo‘lgan avtomobillar xavfsizlik talablariga javob bersa, ularni ta’mirlab, ikkilamchi bozorda sotish yoki eksportga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Tizimni bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan: 2026-yildan boshlab yengil avtomobillar, 2027-yildan yuk mashinalari va avtobuslar, 2030-yilga kelib esa barcha turdagi g‘ildirakli transport vositalari utilizatsiya doirasiga olinadi. Hujjat muhokamasi joriy yilning 28-iyuniga qadar davom etadi.