Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish qoidalari mutlaqo yangi tizimga o‘tkazildi

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish qoidalari mutlaqo yangi tizimga o‘tkazildi

O‘zbekistonda xorijiy yoki xususiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun tizim tubdan o‘zgardi. Hujjatlar topshirish 15-iyuldan boshlanadi.

Chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekistondagi xususiy universitetlarda tahsil olayotgan talabalarning davlat oliygohlariga o‘tish jarayoni endi butunlay boshqacha mezonlar asosida tartibga solinadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangi chora-tadbirlar paketi tizimdagi yashirin kelishuvlarga chek qo‘yish va byurokratiyani kamaytirishni maqsad qilgan. Mazkur jarayonlar ustidan nazorat o‘rnatish vakolati Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuklatildi.

O‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan shaxslar uchun aniq vaqt chegarasi belgilandi: qabul jarayonlari har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar davom etadi. Arizalarni topshirish uchun vazirliklarga borish shart emas — barcha hujjatlar YAIDXP (my.gov.uz), Agentlikning raqamli portali yoki DXM tizimlari orqali onlayn yuboriladi. Kelib tushgan hujjatlarni tahlil qilish 6-avgustgacha yakunlanadi va tizim ariza egasiga yakuniy javobni avtomatik ravishda jo‘natadi.

Yangi nizomga ko‘ra, quyidagi kamchiliklar aniqlangan murojaatlar darhol rad etiladi: talab qilingan hujjatlarning to‘liq emasligi, yolg‘on yoki shubhali ma’lumotlar kiritilganligi hamda arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan majburiy yig‘imning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi. Sinov imtihonlari yakunlangach, shaxsiy QR-kodga ega bo‘lgan rasmiy natijalar yetti ish kuni ichida talabalarning profillariga yuboriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish