Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

SSV shifokorlarga o‘tgan yili tasdiqlangan imtiyozlar nega kechikayotganiga izoh berdi

SSV shifokorlarga o‘tgan yili tasdiqlangan imtiyozlar nega kechikayotganiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlar imtiyozlari qayta taqdim etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ipoteka va kontrakt pullarini to‘lash kechikayotgani sababini tushuntirdi.

Tarmoq foydalanuvchilari Prezidentning 2025-yil 9-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan ushbu yordam choralari joriy yilning 11-iyun kuni o‘tgan taqdimotda nega go‘yoki “yangi taklif” sifatida ko‘rsatilganiga e’tiroz bildirishgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur huquqiy hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega xodimlarning farzandlariga OTM kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha) qoplab berilishi belgilangan. Shuningdek, shuncha stajga ega 500 nafar xodimga har yili ipoteka asosida uy-joy sotib olishi uchun dastlabki badalning 25 foizini davlat tomonidan to‘lab berish ko‘zda tutilgan edi.

Vazirlikning tushuntirishicha, ushbu imtiyozlarni amaliyotda qo‘llash uchun arizalarni qabul qilish, nomzodlarni saralash va mablag‘ ajratishning yagona elektron va shaffof mexanizmi mavjud bo‘lmagan.

SSV 11-iyun kuni davlat rahbariga imtiyozlarni takroran emas, balki ularni inson omilisiz, korrupsiyadan xoli va adolatli taqsimlash imkonini beruvchi raqamli tizim loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi.

Yangi mexanizm tegishli vazirlik va idoralarning elektron platformalari bilan integratsiya qilinadi, bu esa yordam pullarining haqiqiy egalariga yetib borishini ta’minlaydi. Vazirlik yaqin kunlarda ushbu jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishini va shundan so‘ng tizim to‘liq ishga tushishini bildirdi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish