Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Samarqandda hamkasbining telefoniga jinsiy a’zosi rasmini yuborgan erkak qamaldi

Samarqandda hamkasbining telefoniga jinsiy a’zosi rasmini yuborgan erkak qamaldi

Samarqandda turmush qurgan ayolga jinsiy a’zosi rasmi va porsno video yuborgan erkak 3 sutgacha qamaldi. U ushbu kontentni xotiniga yubormoqchi bo‘lganini da’vo qilgan.

Samarqandda ko‘p bolali oilaning ajrashish yoqasiga kelib qolishiga sabab bo‘lgan janjalli voqea yuzasidan sud qarori chiqdi. Bir tashkilotda ishlovchi erkak ayol hamkasbining telefoniga o‘zining jinsiy a’zosi rasmini hamda pornografik mazmundagi videolarni yuborgan. Ushbu xabarlarni ayolning turmush o‘rtog‘i xotinining telefonidan topib olgan va oilada jiddiy nizo kelib chiqqan. Hozirda to‘rt nafar farzandi bor ushbu er-xotin ajrashish arafasida turibdi.

Jabrlanuvchi tomon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganidan so‘ng, qoidabuzar erkak ko‘rsatma berdi. U bo‘lib o‘tgan voqeada qasddan qilingan harakat yo‘qligini, rasm va videolarni shunchaki adashib yuborganini da’vo qildi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu «issiq» kontentni o‘zining turmush o‘rtog‘iga yubormoqchi bo‘lgan, biroq e’tiborsizlik oqibatida hamkasbiga jo‘natib yuborgan. Ayolning eri esa bu vajga ishonmadi va bunday materiallarni adashib yuborish imkonsiz ekanini ta’kidladi.

Sud mazkur ishni ko‘rib chiqib, erkakni aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, u 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga mahkum etildi. Shuningdek, huquqbuzar qamoqda saqlangan davri uchun ketgan barcha xarajatlarni o‘z hamyonidan to‘laydigan bo‘ldi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish