Jizzax shahridagi “O‘rda” istirohat bog‘ida “Yiqilish minorasi” attraksioni qulab tushdi. To‘rt nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan tekshiruv ketmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolar tarqalganidan so‘ng, holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, gap “N. N.” korxonasiga tegishli bo‘lgan, 2019-yilda ishlab chiqarilgan 16 o‘rinli “Yiqilish minorasi” (Baushnya padeniya) attraksioni haqida bormoqda. Konstruksiyaning qulashi natijasida to‘rt nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib, zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda barcha jabrlanganlar shifokorlar nazorati ostida tibbiy yordam olmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur attraksion oxirgi marta 2025-yil 5-noyabr kuni texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lgan. Ayni paytda mas’ul vakolatli organlar tomonidan hodisa sabablarini aniqlash мақсадида tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




