Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda yangi renovatsiya qonuni doirasida 17 mingta uy buzilishga tushishi mumkin

O‘zbekistonda yangi renovatsiya qonuni doirasida 17 mingta uy buzilishga tushishi mumkin

O‘zbekiston prezidenti 1991-yilgacha qurilgan 17 mingta ko‘p kvartirali uylarga daxldor bo‘lgan renovatsiya qonunini imzoladi. Aholiga kamida shunday maydondagi uy va ko‘chish uchun +12% kompensatsiya beriladi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab sovet davrida (1991-yilgacha) qurilgan 17 mingga yaqin ikki va uch qavatli uylar potentsial ravishda ushbu dasturga tushishi mumkin. Ularning o‘rnida zamonaviy, energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar va zarur infratuzilmalar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida quruvchilar (developerlar) uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarining markaziy hududlari — metro bekatlari, bozorlar va yirik yo‘llar yoqasidagi “oltin” lokatsiyalar asosiy nishon bo‘lishi kutilmoqda. Aholini tartibsiz qurilishlar va majburiy ko‘chirishlardan himoya qilish maqsadida qonunda mulkdorlarning huquqlari aniq belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, uylari buzilishga tushgan fuqarolar bozor qiymatidagi pul kompensatsiyasini tanlashlari yoki buzilayotgan uyidan kam bo‘lmagan maydondagi boshqa turar/noturar joyni olishlari mumkin bo‘ladi. Yangi uy xuddi shu hududdan yoki mulkdorning roziligi bilan boshqa joydan beriladi (yangi uy qurilayotgan davrda fuqaro vaqtincha turar joy bilan ta’minlanadi). Shuningdek, ko‘chish bilan bog‘liq noqulayliklar uchun uy qiymatiga qo‘shimcha 12 foiz ustama to‘lanadi.

Tadbirkorlarning o‘zboshimchaligiga chek qo‘yish uchun qonunga 80 foizli rozilik qoidasi kiritildi. Investor uydagi mulkdorlarning kamida 80 foizidan notarial tasdiqlangan rozilikni olmaguncha, hududda hech qanday ish boshlay olmaydi. Hatto 80 foiz rozilik yig‘ilgan taqdirda ham, qolgan 20 foiz aholi bilan kompensatsiya masalalari to‘liq hal qilinmaguncha buzish ishlariga ruxsat berilmaydi. Agar kelishuvga erishilmasa, masala sud orqali hal etiladi. Qonunda muhim pretsedent belgilangan: sud jarayonidagi har qanday tushunmovchiliklar va nizoli vaziyatlar faqat va faqat fuqarolarning (mulkdorlarning) foydasiga talqin qilinishi shart.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish