So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdi

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdi

Butunjahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimi 37 foizga ko‘paydi va mamlakat global yetakchilar qatoridan joy oldi.

Butunjahon turizm tashkiloti (UN Tourism) hisobotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, respublikaga xalqaro tashriflar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan chorak davomida birdaniga 37 foizga oshgan. Ushbu keskin o‘sish global sayyohlik tarmog‘ining sekinlashishi fonida yuz berdi.

Umuman olganda, joriy yilning yanvar–mart oylarida jahon turizmi o‘tgan yilga nisbatan bor-yo‘g‘i 2 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi va sayyohat qilganlar soni 307 million kishiga yetdi. Biroq, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy mojarolarning keskinlashishi oqibatida mart oyida global o‘sish sur’atlari keskin pasayib ketdi — ushbu mintaqada sayyohlar oqimi bir oyda 37 foizga kamaydi. Hududlar kesimida esa Yevropa va Afrika 4 foiz, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi 3 foiz, Amerika esa 2 foizlik o‘sish qayd etdi.

Umumiy beqarorlik fonida O‘zbekiston turizm oqimi eng tez o‘sayotgan davlatlar — Paragvay (+46%), Yangi Kaledoniya (+45%), Salvador (+43%) va Mo‘g‘uliston (+39%) kabi mamlakatlar bilan bir qatordan joy oldi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, aviachiptalar narxi va mehmonxona xarajatlari yuqoriligiga qaramay, xalqaro turizmdan tushayotgan daromadlar ham o‘sishda davom etmoqda, bu borada eng yuqori ko‘rsatkichlar Pokiston, Janubiy Koreya va Marokashda kuzatildi.