So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev zilzila oqibatida Filippin Prezidentiga ta’ziya bildirdiSiyosatO‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdiSport1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyat

O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga 1:2 hisobida yutqazdi. Fabio Kannavaro shogirdlaridan yagona golni Igor Sergeyev kiritdi, raqib safida esa Kodi Gakpo dubl qayd etdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar uchrashuv oxirida haqiqiy xarakter ko‘rsatib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi, ya’ni 90+2-daqiqada Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq durang hisobni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi, zero 90+8-daqiqada terma jamoamiz darvozasiga ikkinchi bor penalti belgilandi va uni yana o‘sha Kodi Gakpo muvaffaqiyatli yakunlab, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘yin manzarasi haqida fikr bildirgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro shogirdlarining maydondagi harakatlarini ijobiy baholadi. Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, hisob ochilgandan keyin ham jamoa intizomni yo‘qotmadi, maydonda yagona jamoa bo‘lib oxirigacha kurashdi. Kannavaroning fikricha, bunday saviyadagi raqiblarga qarshi o‘yinlar futbolchilarga o‘rganish va katta tajriba to‘plash imkonini beradi, shu bois u umumiy o‘yindan mamnun.

Murabbiy himoyadagi xatolar haqida gapirarkan, futbolda xatolar bo‘lishi tabiiyligini, ammo kamchiliklardan ko‘ra ijobiy jihatlar ko‘proq ko‘zga tashlanganini hamda legionerlar biroz kechroq qo‘shilganiga qaramay, bir oylik tayyorgarlik evaziga jamoaning jismoniy holati yaxshi darajada ekanini qayd etdi.