Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Qarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldi

Qarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldi

Qarshi tumanidagi maishiy gaz ballonlarini to‘ldirish punktida kuchli portlash yuz berdi. Fojia oqibatida 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 5 kishi yaralandi.

8-iyun kuni soat 13:50 larda Qarshi tumanining “Chaman” mahallasida joylashgan gaz quyish punktida portlash sodir bo‘lgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Zudlik bilan yo‘naltirilgan 5 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 14:02 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:05 da qurshovga olingan va soat 14:55 ga kelib to‘liq o‘chirilgan.

Mudhish hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Yana 5 nafar shaxs turli darajadagi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.

Portlash va yong‘in oqibatida 4 ta avtomobil (ikkita Cobalt hamda gaz tashishga mo‘ljallangan ikkita maxsus yuk mashinasi) yonib ketgan va jiddiy shikastlangan. Yoqilg‘i saqlashga mo‘ljallangan 2 ta yer osti rezervuari portlash zarbidan talofat ko‘rgan.

Mazkur fojia ortidan Vazirlar Mahkamasining maxsus farmoyishi bilan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari kiritilgan.

Hukumat komissiyasiga quyidagi muhim vazifalar yuklatildi:

  • Jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatish;

  • Hodisa joyidagi texnogen oqibatlarni bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirish;

  • Portlashning kelib chiqish sabablarini aniqlash bo‘yicha texnik-shifokorlik ekspertizalarini o‘tkazish;

  • Kelgusida mamlakatdagi gaz ob’yektlarida bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan qat’iy choralar rejasini ishlab chiqish.

Hozirgi vaqtda yong‘in sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olingan, maxsus xizmatlar tomonidan fojia oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.