Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Dushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi

Dushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi

8-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi saqlanib qolmoqda, ayrim viloyatlarda esa chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda yangi ish haftasi jazirama issiq va quruq ob-havo bilan boshlanadi. “O‘zgidromet” sinoptiklarining ma’lum qilishicha, 8-iyun — dushanba kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kuni havo biroz o‘zgarib turadi, ammo yomg‘ir yog‘maydi. Poytaxtda kunduzi havo harorati 35-37 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 19-21 daraja iliq bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/s atrofida esadi.

Respublika bo‘ylab haorat eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, kunduzi jazirama 39 darajagacha yetadi. Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham harorat kunduzi 32-37 daraja atrofida issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shimoliy hududlarda esa ob-havo biroz beqaror bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Xorazm, Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik bo‘lmasa-da, shamol tezligi 22 m/s gacha kuchayib, kuchli chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shimolda kunduzgi harorat biroz pastroq — 28-33 darajani tashkil etadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar hamda dam oluvchilar uchun alohida ogohlantirish berildi. Tog‘larda havo o‘zgaruvchan bo‘lik, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shu sababli kuchli yog‘garchilik oqibatida respublikaning tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi hali ham saqlanib qolmoqda.