«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyat

Nodirjon Aripov Toshkent shahar MIB boshlig‘i etib tayinlandi

Nodirjon Aripov Toshkent shahar MIB boshlig‘i etib tayinlandi

Toshkent shahar Majburiy ijro bürosi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bosh prokuror buyrug‘i bilan ushbu lavozimni Nodirjon Aripov egalladi.

Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi (MIB) boshqarmasida rahbar o‘zgardi. Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan, Nodirjon Aripov Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) xabar bermoqda.

Nodirjon Aripov poytaxtning bir qator tumanlarida MIB tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U mazkur tayinlovga qadar MIBning Olmazor tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Shuningdek, u o‘tgan yillar davomida byuroning Uchtepa va Yangihayot tumanlari bo‘limlariga ham rahbarlik qilgan.

Toshkent shahar MIB boshqarmasining sobiq rahbari Ahrorbek Arziyev esa prokuratura tizimidagi boshqa ishga o‘tkazildi. U Andijon viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.