So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

O‘zbekiston fuqarolari kruiz kemalariga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekiston fuqarolari kruiz kemalariga ishga taklif qilinmoqda

Dunyoning eng yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri V.Ships Global Recruitment O‘zbekiston fuqarolari uchun kruiz kemalarida bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qildi.

Dunyodagi eng yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri — V.Ships Global Recruitment O‘zbekiston fuqarolarini kruiz kemalarida ishlash uchun boşh ish o‘rinlariga taklif etmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi rasmiy ma’lumot berdi. Xodimlarga dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilish imkoniyati, AQSh ishchi vizasi hamda huquqiy himoya kafolatlanadi.

Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida jami 45 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan bo‘lib, vakansiyalar orasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordamchi, bar ofitsianti, ikkinchi oshpaz, oshpaz yordamchisi va oshxona ishchisi kabi mutaxassisliklar mavjud. Ushbu lavozimlar bo‘yicha oylik ish haqi 900 dollardan 1650 AQSh dollarigacha etib belgilangan. Ta’kidlanishicha, xodimning ish samaradorligiga qarab ish haqi miqdori va lavozimi bosqichma-bosqich oshib borishi mumkin.

Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun muayyan yosh va til bilish talablari joriy etilgan. Da’vogarlarning yoshi 18 dan 45 yoshgacha bo‘lishi hamda ingliz tilini kamida B1 darajasida bilishi shart. Yevropa tillarini biladigan nomzodlarga saralash jarayonida qo‘shimcha ustunlik beriladi.

Ishga joylashish uchun nomzodlar kompaniyaning rasmiy saytida ariza qoldirishlari lozim. Talablarga mos keladigan talabgorlar bilan kompaniya mutaxassislari bog‘lanishadi va dastlabki suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar asosiy intervyuga taklif qilinadi. Tanlab olingan fuqarolar bilan Migratsiya agentligi ishtirokida uch tomonlama shartnoma imzolanadi va ularga AQSh ishchi vizasi rasmiylashtirib beriladi.