Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyat

Rossiyada xorijliklar uchun davlat bojlari miqdori keskin oshirilishi kutilmoqda

Rossiyada xorijliklar uchun davlat bojlari miqdori keskin oshirilishi kutilmoqda

Rossiya Davlat Dumasi xorijliklar uchun fuqarolik olish bojini 12 barobarga, ya’ni 50 ming rublgacha va yashash guvohnomasi bojini 30 ming rublgacha oshiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

Parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqaroligini olish uchun to‘lanadigan boj miqdori 12 barobar oshyapti, ya’ni amaldagi 4200 rubldan bir masta 50 ming rublgacha ko‘tariladi. Shuningdek, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish to‘lovi 8 barobar oshib, 1920 rubldan 15 ming rublga yetadi, yashash guvohnomasi bo‘lsa 5 barobar qimmatlashib, 6 ming rubldan 30 ming rubl qiymatida belgilanadi.

Bundan tashqari, rossiyalik ish beruvchilar uchun chet ellik ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma berish boji har bir jalb etilayotgan mutaxassis uchun 15 ming rublgacha oshirilishi taklif qilinmoqda.

Ushbu yangi tartib va o‘zgarishlarning kuchga kirishi natijasida federal g‘aznaga tushadigan qo‘shimcha yillik daromad taxminan 15 milliard rublni tashkil etishi baholanmoqda.

Volodin o‘z chiqishida ushbu moliyaviy choralarning barchasi migratsiya sohasida qat’iy tartib o‘rnatishga xizmat qilishini ta’kidladi. Moliyaviy talablardan tashqari, xorijliklar uchun mamlakatda qonuniy bo‘lish shartlari, xususan rus tilini bilish, qonunchilikka amal qilish hamda mahalliy an’analar, tarix va madaniyatni hurmat qilish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.