Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyat

O‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdi

O‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdi

IIV Toshkentdagi maktabda yuz bergan janjalda darsga xalaqit bergan va pedagogga hurmatsizlik qilgan o‘quvchilarning o‘zini aybdor deb topdi va o‘qituvchilar himoyasini kuchaytirishini bildirdi.

Huquq tartibot idoralarining o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga tayangan rasmiy bayonotida qayd etilishicha, dars paytidagi janjal va mushtlashuv kelib chiqishiga bevosita o‘quvchilarning o‘zi sababchi bo‘lgan. Bolalar informatika fani darsi jarayoniga qo‘pol ravishda xalaqit bergan, o‘qituvchining qonuniy talablarini bajarmagan va ustozga nisbatan ochiqchasiga hurmatsizlik namoyish etgan. Surishtiruv doirasida mas’ul xodimlar ushbu muammoga sabab bo‘lgan ota onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizligiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda vazirlik rahbariyati o‘qituvchilar sha’nini himoya qilib chiqdi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Jo‘rayev yurtimizdagi barcha ustozlar bevosita Prezident himoyasida ekanini hamda ularning ortida armiya turganini qat’iy ta’kidladi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i esa o‘z navbatida poytaxt maktablarida o‘qituvchilarga qo‘l ko‘tarish, ularni haqorat qilish va kamsitish holatlariga mutqloq chek qo‘yilishini hamda bunday xatti harakatlar bundan buyon hech qachon javobsiz qolmasligini bildirdi.