Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyat

O‘zbekistonda joriy yilda maktabni bitirgan o‘quvchilar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda joriy yilda maktabni bitirgan o‘quvchilar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda bu yil 472 mingdan ortiq o‘quvchi 11-sinfni, 621 mingdan ziyodi esa 9-sinfni bitirdi. 11 mingdan ortiq o‘quvchilar oltin va kumush medal oldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilida 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallar bilan muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Joriy yilda respublikadagi mavjud 10193 ta maktabni bitirayotgan yoshlarning 621 ming nafardan ortig‘ini 9 sinf o‘quvchilari, 472 ming nafardan ziyodini esa 11 sinf bitiruvchilari tashkil etadi. Ushbu yoshlarga zamonaviy bilim, hunar va malaka berish uchun mamlakat miqyosidagi 207 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 643 ta texnikum o‘z eshiklarini ochishga to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Milliy statistika qo‘mitasining hisobotida keltirilishicha, mazkur o‘quv yili boshida respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami o‘quvchilar soni 6 million 870 ming nafarga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga qaraganda 94 ming 200 nafarga ko‘payganini ko‘rsatadi. Maktablarda ta’lim olayotgan jami o‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini esa qiz bolalar tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga bayram tabrigi yo‘llab, ularni kelajakda yuksak marralarni ko‘zlashga va o‘z kuchlariga ishonishga chaqirgan edi.