O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Ekskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdi

Ekskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdi

Surxondaryoda Afg‘onistondan kelgan ekskavator ichidan qariyb 600 kg narkotik topildi. DXX va Bojxona qo‘mitasi kontrabandani to‘xtatib qoldi.

DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorlikda qo‘shni davlatdan respublikamizga yirik miqdordagi ajal og‘usini olib kirish rejasini barbod qildi. «Termiz-avto» nazorat-o‘tkazish punktida Afg‘oniston fuqarosi boshqarayotgan yuk mashinasi to‘xtatilib, sinchiklab tekshirilgan. Mashina tirkamasiga ortilgan «Doosan» ekskavatori skaner qilinganda, uning mexanizmlari orasida shubhali bo‘shliqlar borligi ma’lum bo‘ldi. Maxsus endoskop yordamida ushbu yashirin joylar ochilganda, og‘irligi 593 kg gashish va 3 kg opiy moddalari borligi fosh etildi.

Ushbu holat yuzasidan kontrabanda va giyohvandlik vositalarini sotish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlash moddalari bilan jinoiy ish ochildi. Hozirgi vaqtda yukni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan mafiya tarmog‘i a’zolarini fosh etish va hibsga olish bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.