So‘nggi:
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyat

Soliq organlari rahbarlarning P2P oʻtkazmalarini tekshirishni boshladi

Soliq organlari rahbarlarning P2P oʻtkazmalarini tekshirishni boshladi

Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev korxona rahbarlarining kartalariga tushayotgan P2P oʻtkazmalar tekshirilishi haqida maʼlum qildi. Soliq idoralari yashirin aylanmani qisqartirish choralari va biznesning shaffofligi boʻyicha tushuntirish berdi.

Davlat soliq organlari savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi shaffoflikni taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarni tahlil qilishni kuchaytirdi. Bu jarayonda asosiy eʼtibor soliq hisobotlarida aks ettirilmayotgan yashirin aylanmalarni aniqlashga qaratilmoqda.

Hozirgi vaqtda ayrim tadbirkorlik subyektlari savdo tushumlarini terminal yoki kassa apparatlari orqali emas, balki shaxsiy plastik kartalarga P2P oʻtkazmalari koʻrinishida qabul qilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Bunday operatsiyalar natijasida shakllangan daromadlar soliq bazasidan yashirilishi davlat budjetiga tushumlarning kamayishiga sabab boʻladi. Soliq idoralari ushbu holatlarni iqtisodiy adolat tamoyillariga zid va teng raqobat muhitini buzuvchi omil sifatida baholamoqda.

Shu munosabat bilan soliq organlari yuridik shaxslarning rahbar xodimlari plastik kartalariga kelib tushayotgan mablagʻlar yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda. Aniqlangan shubhali holatlar boʻyicha tadbirkorlarga xabarnomalar yuborilib, soliq hisobotlaridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Mazkur tadbirlar tadbirkorlikka bosim oʻtkazish emas, balki qonun doirasida halol mehnat qilayotgan biznes vakillarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Soliq qoʻmitasi barcha tadbirkorlarni savdo tushumlarini toʻliq rasmiylashtirishga va amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi. Toʻlangan har bir soliq mamlakat taraqqiyoti, xususan, yangi yoʻllar, maktablar va shifoxonalar qurilishi uchun xizmat qilishi taʼkidlanmoqda. Shaffof iqtisodiy munosabatlar kuchli jamiyat va barqaror kelajak poydevori ekani mazkur islohotlarning bosh gʻoyasi hisoblanadi.